Özbekiston terma jamoasi futbolçisi Javohir Siddiqov jamoasini özgartirdi. U yangi mavsumni «Paxtakor»da boşlaydi.

Tribuna.uz manbasi xabar berişiça, Siddiqov ijara asosida «Paxtakor»ga ötgan. 

22 fevral kuni «Qöqon-1912» jamoasi futbolçilari Toşkentda normativ topşirişdi, unda Siddiqov qatnaşmadi. Kunning ikkinçi qismida esa futbolçi «şerlar» jamoasi maşğulotlarida iştirok etdi.

22 yoşli uşbu futbolçi «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 2016 yilda ijara asosida «Qöqon-1912» jamoasiga ötgandi, keyinçalik qöqonliklar futbolçining transfer huquqini sotib olişgandi.

Ta'kidlaş kerakki, «Paxtakor» boş murabbiyi Şota Arveladze jamoa Osiyo Çempionlar Ligasining guruh bosqiçiga yöllanma olganidan söng jamoa tez kunda yana bir transferni e'lon qilişini va bu legioner emasligini aytgandi.

Osiyo Kubogidagi iştirokidan keyin Siddiqovga xorij klublaridan ham takliflar bölgandi, ammo u OÇL yöllanmasi qölga kiritilgaç, «Paxtakor» taklifini qabul qilgani aytilmoqda.

Ma'lumot uçun, OÇL saralaşidan muvaffaqiyatli ötgan «Paxtakor» 5 mart kuni guruh bosqiçining birinçi tur öyinini Tehronda «Persepolis»ga qarşi ötkazadi. Özbekiston Superligasi esa 8 martdan boşlanişi e'lon qilingan.