Bugun 22 fevral kuni «Paxtakor» jamoasi JAR stadionida maşğulot ötkazdi. Şota Arveladze «An Nasr» mağlub etilgan öyindan söng jamoa tez orada yangi transferni e'lon qilişini va bu futbolçi legioner emasligini aytgandi.
Futbol muxlislari bu futbolçi Javohir Siddiqov ekanini taxmin qilişgandi. Tribuna.uz muxbirlari miş-mişlarga aniqlik kiritiş maqsadida «Paxtakor» maşğulotlarini kuzatdi. Javohir Siddiqov «Paxtakor»ning bugungi maşğulotida qatnaşdi va demak uning sobiq klubiga qaytayotgani rost.
Javohirga xorij klublari va özimizning «Lokomotiv»dan ham taklif bölgani aytilgandi, biroq Osiyo Kubogida yorqin öyin körsatgan yarimhimoyaçimiz futbolimiz bayroqdori «Paxtakor»ni tanladi.
«Paxtakor» futbolçilari maşğulotlarni kötarinki kayfiyatda ötkazişganini ta'kidlaş kerak. Javohir Siddiqov ham maşğulotlarda faol qatnaşdi. Darvozabon Eldor Suyunov va himoyaçi Akrom Komilov alohida şuğullanişdi.
Tribuna.uz maşğulotlar davomida kamera obektiviga tuşgan ba'zi rasmlarni havola qildi:
























































