BAAning Şarja şahrida yaqinda sovitiluvçi yölkalar paydo böladi. Bu yölkalar yilning eng issiq 5 oyida odamlarga faol bölib qoliş va ortiqça vazn bilan kuraşişda yordam beradi. Bu haqda Şarja hokimi şayx Sulton Bin Muhammad Al-Qosimiy ma'lum qildi. U yölkalar işlab çiqilgani va loyiha yaqinda amalga oşirila boşlanişini tasdiqlagan.
“Bizda dunyodagi ilk sovitiluvçi yölkalar paydo böladi, çunki yilda 5 oy şunçalik issiq böladiki, odamlar oçiq havoda maşq qila olmaydilar”, deb aytgan Şarja hokimi.
Al-Qosimiy boşqa taşabbuslar, jumladan jamoat joylarida çekişning taqiqlangani haqida aytib ötgan. Uning ta'kidlaşiça, bu taşabbus ölim darajasining pasayişiga olib kelgan.

















