Prezident Şavkat Mirziyoyevning 15 dekabrdagi farmoniga binoan barça turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilişni litsenziyalaş bekor qilindi.
Davlat rahbari 15 dekabr kuni «Eksportni rağbatlantiriş va mahalliy tovarlarning taşqi bozorlardagi raqobatbardoşligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonga imzo çekdi.
Hujjatda barça turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilişni litsenziyalaşni bekor qiliş nazarda tutilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.
Bundan taşqari, öz mahsulotlarini eksport qiluvçi barça mulkçilik şaklidagi korxonalarga xorijda savdo uylari va vakolatxonalarini taşqi bozorlarni marketing tadqiqot qiliş hamda öz mahsulotlarini reklama qiliş uçun oçişga ruxsat berildi. Ular konsignatsiya şartlarida tovarlarini yetkazib berişlari ham mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.
Hujjatning töliq matni bilan bu yerda tanişişingiz mumkin.

















