«Neftçi» klubi boş murabbiyi Vadim Abramov futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan şuğullanişdan çetlaştirildi, deb yozmoqda Özbekiston futbol federatsiyasi sayti.

«ÖFF Intizom kodeksi 2-bölimining klublar boşliqlari va murabbiylariga nisbatan belgilangan talablarni sözsiz ijro etiş va Ommaviy axborot vositalarida Özbekiston futbol federatsiyasi hamda Özbekiston professional futbol ligasi  tomonidan qabul qilingan  qarorlarni notöğri talqin qilinişi holatlarini oldini oliş maqsadida, Ijro qömitasi Byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori qabul qilindi. 

Mazkur qarorda bayon etilişiça, Özbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, ÖFF va ÖzPFL hamda ularning rasmiylari şa'niga nisbatan notöğri fikrlar bildirganligi, Özbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar böyiça keng jamoatçilik örtasida nosoğlom fikrlar vujudga kelişiga sabab bölayotganligi uçun,  Özbekiston Futbol Federatsiyasi Intizom kodeksi 2-bölimining «d» kiçik bandiga muvofiq, «Neftçi» klubi boş murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan şuğullanişdan çetlaştirildi» - deyiladi bayonotda.

Vadim Abramov aynan nimalarni gapirgani va kimlarni yöldan urgani, şuningdek, jazo muddati qaçon tugaşi bayonotda ma'lum qilinmagan.