Hozirgi vaqtda Özbekiston Respublikasi Xöjalik protsessual kodeksiga asosan sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkaziş belgilangan, deb yozmoqda Bektemir tuman ma'muriy sudining raisi Saydulla Mixliyev Norma.uz’da. 
 
Özbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy protsessual kodekslarida sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkaziş nazarda tutilmagan.
 
Biroq, protsessual qonun hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritilgunga qadar Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.06.2017 yildagi "Fuqarolik, jinoyat va ma'muriy işlarni körişda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişning ayrim masalalari töğrisida"gi 23-son qaroriga asosan fuqaro va tadbirkorlik sub'yektlari - sud protsessi iştirokçilarining sud orqali huquqlarini himoya qilinişida yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş, moliyaviy va vaqt xarajatlarini qisqartiriş, şuningdek işlarni körişda tezkorlikni ta'minlaş va protsessual muddatlarni tejaş maqsadida fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlar hamda ma'muriy sudlar protsess iştirokçilarining roziligi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar iqtisodiy sudlarida örnatilgan telekommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişga haqli.
 
Bunda, sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişning zaruriy şarti işda iştirok etuvçi şaxslardan loaqal bittasi boşqa ma'muriy-hududiy birlik (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri) hududida, ya'ni işni körayotgan sud joylaşgan hududdan taşqarida joylaşgan bölişi lozimligi hisoblanadi.
 
Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisi deganda, real vaqt rejimida telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida audio- va videoaxborotlar almaşinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda işni körayotgan sud va sud majlisini ötkazişga kömaklaşayotgan sud örtasidagi interaktiv özaro ta'sir qiliş yöli bilan masofadan sud majlisini ötkaziş tuşuniladi.
 
Işni körayotgan sud deganda, iş yurituvida bölgan fuqarolik, jinoyat işlari böyiça sudlar va ma'muriy hamda iqtisodiy sud tuşuniladi.
 
Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini ötkazişga kömaklaşadigan sud deganda, videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisini ötkaziş uçun texnik va boşqa şaroitlarni ta'minlayotgan va işni körayotgan sud hududidan taşqarida joylaşgan iqtisodiy sud tuşuniladi.