2017 yilda anchagina geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar kuzatildi, besh yulduzli mehmonxonalar esa imkon qadar ularga moslashmoqda. Kelgusi yilda bu sohadan nimalar kutish mumkinligi haqida ekspertlar - International Inc. global brending bo‘yicha direktori Tina Edmunson, Nyu-York universiteti qoshidagi Jonatan Tish nomli Mehmondorchilik va turizm markazi professori Born Xenson, Hilton Worldwide Holdings Inc. yuqori segmentining global brending bo‘yicha direktori Jon Vanderslis, Deloitte LLP ishchi tashriflar, mehmondorchilik va xizmatlar bo‘limidan Gay Lengford va Marchello Gasdiyalar hikoya qilishadi.

Yangi yig‘imlar yirik bozorlarga zarba beradi

Kelgusi yilda AQShning yirik bozorlaridagi mehmonxonalar qimmatlashadi, zero mahalliy hukumatlar kurort yig‘imlarini tobora ko‘proq joriy qilishmoqda. Yig‘im summasi sutkasiga 25 dollargachani tashkil qilishi mumkin. Xenson tajribali sayyoh katta tanlovga ega bo‘lmaydigan Nyu-Yorkda yig‘imlar ta'sirini kuchliroq  his qiladi - eng yaxshi joylar odatda buyurtmaga ko‘ra band qilinadi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, tez orada Chikago va Los-Anjyelesda ham yig‘imlar yo‘lga qo‘yiladi. Safar xarajatlarini hisoblaganda, har ehtimolga qarshi, yig‘imlarni ham inobatga olish kerak - afsuski, bu sohada to‘liq shaffoflikka erishishga hali vaqt bor. Umuman olganda, buning yaxshi tomoni ham mavjud. "Bu nomerlarga tarifni oshirishdan yaxshiroq, - deydi Xanson. - Tariflardan farqli o‘laroq, yig‘imlar bo‘lgan mehmonxonalarda yashaganlik uchun shahar soliqlari olinmaydi".

Nomerlarda hech qanday tozalashlar bo‘lmaydi

"Mehmonxonalar borgan sari ko‘proq nomerdagi tozalash ishlaridan voz kechmoqda va buning ikki sababi bor. Ulardan biri - narx", - deydi Xenson. Ikkinchisi, uning so‘zlariga ko‘ra, maxfiylik.

"Odamlar tushunarsiz sabablarga ko‘ra, ba'zan ko‘proq, ba'zida esa kamroq o‘z shaxsiy hududi borasida xavotirga tushishadi va aynan hozir biz maksimal darajada aralashmaslik bosqichidan o‘tayapmiz. Ba'zi odamlar hatto tish cho‘tkasi qo‘yilgan joy o‘zgarishidan ham jiddiy tashvishga tushishadi", - deya izohlaydi u.

Leng­ford shunday deydi: "Shaxsan men bu yo‘nalishda haqiqatda qadrli xizmatlar va keraksiz dahmazalar bor, deb hisoblayman. Masalan, mening o‘rnimga boshqa birovning karavotimni tartibga keltirishi kerak emas. Ba'zi kompaniyalar uchun bu faoliyatining bir qismi bo‘lishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda bu mijozning yelkasiga yuklanuvchi ortiqcha xarajatlardir".