Qirğiziston rahbari topşiriğiga muvofiq 18 dekabr kuni Kosonsoy suv ombori hududiga yaqin yerda joylaşgan «Yoşlik» aholi punktiga elektr energiyasini yetkazib beriş tarmoği qayta tiklandi.
Kosonsoy suv omboriga tutaş hududda joylaşgan «Yoşlik» mahallasida yaşovçi Özbekiston fuqarolari yangi 2018 yilni elektr energiyasining yorqin nurlari va issiqligida kutib oladilar, deb xabar bermoqda Özbekiston TIV axborot xizmati.
Qirğiziston rahbarining 2017 yil 18 dekabrdagi topşiriğiga binoan uşbu aholi punktiga elektr energiyasini uzatiş tarmoği qayta tiklandi.
Bu 2017 yilning 13-14 dekabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov örtasida oliy darajadagi muzokaralar davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirilişi natijasida röyobga çiqdi.

















