Markaziy Osiyodagi transçegaraviy suv hamkorligi mintaqa barqarorligi va farovonligining asosidir. Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligining suvni tejaş texnologiyalarini rivojlantiriş va suvdan foydalaniş boşqarmasi boşliği Şarifjon Qöçqorov 19 dekabr kuni Toşkent şahrida bölib ötgan "Xalqaro suv xöjaligi huquqi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş jihozi sifatida" nomli seminarda şunday bayonot bilan çiqdi. 

"Davlat rahbari mintaqa suv resurslaridan birgalikda foydalaniş masalalarini hal qilişni Özbekiston taşqi siyosatidagi ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilab berdi. Şavkat Mirziyoyev "Mamlakatimiz taşqi siyosatining eng asosiy yönalişlaridan biri yaqin qöşnilar bilan aloqalarni mustahkamlaş", "ötkir masalalardan qoçmaslik, oqilona yeçimlar izlaş" ekanini qayd etdi.

Biz şunday yeçimlarni izlamoqdamiz va suv xöjaligidagi muammolarga bağişlangan ikki tomonlama işçi guruhlar örtasidagi muntazam uçraşuvlarda ularni topişga muvaffaq bölmoqdamiz.

BMTning preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi 2017 yilning martida Markaziy Osiyo uçun Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv resurslaridan foydalaniş töğrisidagi konvensiya loyihalarini yubordi. Loyihalar suv huquqi sohasidagi xalqaro tan olingan ekspertlarni jalb qilgan holda işlab çiqildi. Konventsiyalar loyihalari şuningdek Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, AQŞ hukumati, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasiga ham yöllangan. Konventsiyalarning maqsadi - Markaziy Osiyodagi transçegaraviy suv resurslaridan foydalaniş va ularni taqsimlaş masalalarini tartibga solişga doir samarali mexanizmni işlab çiqiş. 

Özbekiston Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona va kompleks foydalaniş böyiça mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini e'tirof etgan holda, BMTning priventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazining Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv resurslaridan foydalaniş töğrisidagi konvensiyalarini işlab çiqişga doir taşabbusini minnatdorçilik bilan qabul qildi. 

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasida şunday dedi: "Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşga doir muammolar haqida gapirar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv resurslaridan birgalikda foydalaniş kabi muhim masalani çetlab ötib bölmaydi. Biz BMT Boş kotibining "suv, tinçlik va xavfsizlik muammolari çambarças boğliq" ekaniga doir pozitsiyasini töliq qöllab-quvvatlaymiz. Işonçim komilki, suv muammosining mintaqa mamlakatlari va xalqlarining manfaatlarini teng hisobga oluvçi muqobili yöq. Özbekiston BMTning preventiv diplomatiya böyiça Mintaqaviy markazi tomonidan işlab çiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv resurslaridan foydalanişga doir konvensiyalar loyihalarini qöllab-quvvatlaydi".