Samarqandda mahalla oqsoqollari, maktabgaça ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari va tibbiyot muassasalari rahbarlari iştirokida bölib ötgan yiğilişda şahar hokimi Furqat Rahimov heç kimning qöl ostida işlayotganlarga döq urişga, ularni bölmağur sözlar bilan haqorat qilişiga haqli emasligini eslatdi.
Yiğilişda şahar hayotiga oid qator masalalar, jumladan, kelayotgan Yangi yilga tayyorgarlik, jinoyatçilikka qarşi kuraş borasida olib borilayotgan işlar, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlaşdagi ahvol, kommunal tölovlarni undiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokama etildi.
Har bir rahbar öziga yuklatilgan vazifani çin dildan bajarsa, ortiqça gapga, majlis va pandu nasihatga hojat qolmasligini uqtirib, Furqat Rahimov şunday dedi: «Samarqand azaldan madaniyat va ma'rifat öçoği bölgan. Bu yerga sökonğiç rahbar yaraşmaydi, bu eski ma'naviyat öçoği qöpol sözni kötarolmaydi».
U töplanganlarga murojaat qilib, şahar hokimligi har bir rahbardan faqat uning egallab turgan mansabidan kelib çiqadigan vazifalarnigina bajarişni talab qilişini ta'kidladi. «Şu sababli har bir kişi öz zimmasidagi yumuşni vaqtida bajarsa, olam guliston. Aks holda, bunday rahbar kimga kerak? Sökiş bilan bundaylarni tuzatib böladimi?» — dedi şahar hokimi.
Aslida, heç kimning birovni haqorat qilişi, uning qadr-qimmatini yerga urişi, uni kamsitişi mumkin emas. Davlatimiz Boş qomusining 13-moddasida quyidagi sözlar muhrlab qöyilgan: «Özbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga köra inson, uning hayoti, erkinligi, şa'ni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 noyabrda ötkazgan selektor yiğilişida rahbarlarning muştumzörligi davlat siyosatiga zid ekanligini ta'kidlab, «bu bizga noma'qul narsa, bu illatni yöq qiliş kerak», degan edi.
«Jamiyatdagi adolatsizlik, ixtilof va nizo-janjallarning asosiy sababi şuki, hukmdorlar öz davlatini idora qiliş siyosatida adolatli qonunlardan töğri foydalanmasdan, uni buziş orqali xalqqa xiyonatkorlik qiladilar». Uşbu sözlar Abu Rayhon Beruniyga tegişli.
Xoja Samandar Termiziyn özining 1695–1696 yillarda yozgan «Dastur ul-muluk» («Podşohlarga qöllanma») kitobida «podşoh öz a'yonlari va xizmatçilari bilan hamişa yaxşi munosabatda bölişi lozim, hamkor, yakdil döstlar boşlagan iş hamişa oldinga siljiydi», deb maslahat beradi.
Toşpölat Rahmatullayev,
jurnalist












