AQŞ KXDRga harbiy hujum qiliş rejasini işlab çiqmoqda, bu uni yadroviy dasturni töxtatişiga majburlaş maqsadida kerak böladi, deb xabar bermoqda The Telegraph öz manbalariga asoslangan holda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Oq uy sönggi oylar içida KXDR bilan vaziyatga harbiy yeçim topişga tayyorgarlikni «keskin» faollaştirdi, bu diplomatiya iş bermayotgani fonidagi xavotirlar tufayli röy berdi.

AQŞ körib çiqayotgan variantlar orasida Şimoliy Koreyadagi raketalar uçiriş joyini, yangi ballistik raketa sinovi amalga oşirilişidan avval yöq qiliş ham bor. Şuningdek KXDRning qurol-yaroğ omborlari ehtimoliy nişon sifatida körib çiqilmoqda.

AQŞning umid qilişiça, harbiy kuçning qöllanilişi «Kim Çen Inga Amerika KXDR yadro dasturini rivojlantirişdan töxtaşi va muzokaralarda iştirok etişiga erişiş uçun qat'iy bel boğlaganini körsatib qöyadi».

«Pentagon şunday variantlarni topişga harakat qilmoqdaki, ular şimoliy koreyaliklarning burniga zarba beriş hamda ularning e'tiborini öziga qaratiş imkoniyatini taqdim etişi kerak», - deya xabar berdi manbalardan biri.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR biologik qurol böyiça bayonot bergani xabar qilingandi.