Eronning sobiq vitse-prezidenti Hamid Rizo Boqoiy davlat mablağlarini suis'temol qiliş aybi bilan 63 yillik qamoq jazosiga tortildi. Unga 63 ta bank hisob raqami oçiş hamda davlat mablağlarini xarjlab yuboriş aybi qöyilgan. Bu haqda Eron adliya vazirligi qaroriga iqtibos keltirgan holda ABC News ma'lum qildi.
Boqoiy Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ma'muriyatining sudlanayotgan birinçi a'zosi emas. 2015 yilda mamlakatning boşqa bir vitse-prezidenti Muhammad Rizo Rahimiy ham qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
Boqoiy 2015 yil iyulda hibsga olingan. Rahimiy bilan boğliq holat kabi Boqoiyga qöyilayotgan ayblovlar tafsilotlari oşkor qilinmagandi. 7 oydan keyin siyosatçi ozodlikka çiqqandi.
2017 yil fevralda Boqoiy prezident saylovlarida mustaqil nomzod sifatida iştirok etmoqçiligini ma'lum qilgandi. Biroq unga nomzod sifatida qayd qilinişi rad etilgan. Saylovda amaldagi prezident Hasan Ruhoniy ğolib böldi. Saylovdan 1,5 oy ötgaç esa Boqoiy yana hibsga olingan.

















