Amerikalik boksçi Floyd Meyvezer Çeçenistonga taşrif buyurib, mahalliy boksçilar va MMA jangçilari uçun mahorat darslarini ötkazadi. Bu haqda Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov xabar berdi, deb yozmoqda «R-Sport» naşri.
«Floyd Meyvezer Çeçenistonga 2018 yilda keladi hamda çeçenistonlik boksçilar va MMA jangçilari uçun mahorat darslarini ötkazadi», - deya aytib ötgan Qodirov «Groznyy» radiosi efirida.
Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik kiçik Floyd Meyvezer va irlandiyalik aralaş yakkakuraşlar ustasi Konor Makgregor örtasidagi boks jangi jahonda sotilgan translyatsiyalar miqdori böyiça ikkinçi örinni egallagani xabar berilgandi.












