21 dekabrda Haagadagi Ritsarlik zalida sobiq Yugoslaviya böyiça xalqaro tribunalning yopilişi marosimi bölib ötdi. Marosimda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham iştirok etdi. Guterriş nutq bilan çiqib, sudga işi uçun minnatdorlik bildirdi.

“Sobiq Yugoslaviya böyiça xalqaro tribunal yopilmoqda, biroq biz aybdorlarni javobgarlikka tortiş va qurbonlar uçun adolatni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişimiz lozim”, deb yozgan Guterriş tribunalning tvitterdagi akkauntida.

Xalqaro tribunalning vakolati tugagandan keyin sud jarayonlari doirasida yakunlanmagan barça işlar Jinoiy tribunallar uçun xalqaro qoldiq mexanizmiga ötadi.

1993 yilda sobiq Yugoslaviya hududidagi gumanitar huquq buzilişlari uçun javobgar şaxslarni ta'qib qiliş uçun yaratilgan xalqaro tribunal faoliyati davomida 161 kişiga nisbatan ayblovlar e'lon qilingan. Ulardan 90 nafari sudlangan. Sud jarayonlari 10800 kun davom etgan, ular davomida 4600 ga yaqin guvoh söroq qilingan. Sudlanganlar orasida bosniyalik serbrlarning sobiq yetakçisi Radovan Karajiç (40 yillik qamoq jazosi) va bosniyalik serblar armiyasi sobiq qömondoni Ratko Mladiç bor.

Xalqaro tribunal doirasida körilgan oxirgi eng ovozali iş Xorvatiya prezidentining bosniyalik xorvatlar armiyasidagi sobiq vakili Slobodan Pralyakga çiqarilgan hukmning öz kuçida qoldirilgani bölgan. Pralyak 28 noyabrda sud zalida qaror çiqarilgandan keyin zahar içib, şifoxonada vafot etgan.