AQŞ Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 24 iyun kuni Haagada ötkaziladigan NATO sammitiga taklif qilinişiga qarşi. Bu haqda Italiyaning ANSA agentligi diplomatik manbalariga tayanib xabar berdi.

«Deyarli barça ittifoqçilar Vaşingtonning bu qaroridan hayratda ekanini bildirdi», — deydi naşr suhbatdoşlaridan biri.

14 may kuni holatiga köra, sammitda iştirok etiş uçun alyans tarkibiga kirmaydigan faqat törtta davlat — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya taklif olgan.

Agentlikning qayd etişiça, Ukrainaning sammitda iştirok etiş masalasi hali yopilmagan, uşbu mavzu Antaliyada ötkaziladigan taşqi işlar vazirlari uçraşuvida kötarilişi mumkin.

Bloomberg ma’lumotlariga köra, NATOning Haagadagi sammiti «oldingi uçraşuvlardan qisqaroq» böladi va unda Ukraina mavzusiga emas, balki harbiy xarajatlarning oşişi va harbiy maqsadlarga möljallangan işlab çiqarişni kuçaytirişga e’tibor qaratiladi.