Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyatlari böyiça sud uçun maxsus tribunal 20 nafar rossiyalik amaldorni javobgarlikka tortişni körib çiqmoqda. Bu haqda Deutsche Welle öz manbasiga tayanib xabar berdi.
Uning sözlariga köra, aniq röyxatni Kiyev tuzadi, ammo uşbu şaxslar öz lavozimiga boğliq (funksional) immunitetga ega va bu ularni himoya qilmaydi. Gap Ukrainaga qarşi tajovuz jinoyatini rejalaştiriş, tayyorlaş, boşlaş va amalga oşirişga mas’ul yuqori lavozimli siyosiy va harbiy rahbarlar haqida ketmoqda.
Avvaliga maxsus tribunal Rossiya prezidenti Vladimir Putin, boş vazir Mixail Mişustin va taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov kabi eng yuqori martabali şaxslarga ham tatbiq etilişi mumkinligi aytilgan edi. Biroq ular lavozimidan ketmagunça sud qilinmaydi. Şunga qaramay, ular ustidan tergov olib borilişi va ayblov xulosasi tayyorlanişi mumkin. Boşqa bir manbaga köra, ularga qarşi ayblov va hibsga oliş böyiça order beriş sud tomonidan faqat daxlsizlik olib taşlangandan keyin amalga oşiriladi. Putin, Mişustin va Lavrov ustidan sud jarayoni esa sirtdan ötkazilişi mumkin.
Maxsus tribunal Ğarb davlatlari tomonidan Haaga şahrida, Yevropa Kengaşi asosida taşkil etilmoqda. U öz yurisdiksiyasini Ukrainadan oladi. Tribunal Ikkinçi jahon uruşidan keyin natsist jinoyatçilarini sud qilgan Nyurnberg tribunali modeliga asoslangan. Maxsus tribunal prokurori Haagadagi Xalqaro tajovuz jinoyatlarini ta’qib qiliş markazi (ICPA) tomonidan töplangan dalillar va Ukraina topşirgan boşqa hujjatlarni körib çiqadi.
Tajovuz jinoyatini alohida sudda körib çiqiş ğoyasi ilk bor 2022 yilda Buyuk Britaniya tomonidan ilgari surilgandi. Bu taşabbusni Ukraina hukumati va AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati qöllab-quvvatlagan, mablağ ajratgan va amerikalik prokurorlarni taşkilotçilikka yordam beriş uçun yuborgan. Ammo Donald Tramp Oq uyga qaytgaç, AQŞ uşbu taşabbusdagi iştirokini töxtatdi va 2025 yil mart oyida ICPA’dan çiqişini e’lon qildi. Ayni vaqtda 2023 yildan beri tribunalni taşkil etiş konsepsiyasini işlab çiqayotgan asosiy guruh tarkibida 38 ta davlat bor.
Mart oyi oxirida tribunalning nizomi va boşqaruv bitimini öz içiga olgan uçta asosiy hujjat loyihasi taqdim etilgandi. Tribunal tuzilişi uçun Yevropa Kengaşi a’zolarining uçdan ikki qismi bu hujjatlarni ma’qullaşi kerak. Bundan taşqari, köplab davlatlar boşqaruv bitimini ratifikatsiya qiliş uçun öz parlamentlarida ovoz beriş jarayonlarini ötkazişlari lozim böladi, çunki bu moliyaviy va siyosiy masaladir. Ratifikatsiya jarayoni bir neça oyga çözilişi mumkin.













