
Nafaqaga çiqqan iordaniyalik işbilarmon özining eski Volkswagen Kafer maşinasini sahro örtasidagi mehmonxonaga aylantirdi.

64 yoşli Muhammad Al-Malahim özining Al-Jaya şaharçasiga sayyohlarni jalb qiliş uçun eski avtomobilini mini-mehmonxonaga aylantirdi. Uning sözlariga köra, mini-mehmonxona beş yulduzli mehmonxonadan qolişmaydi.

"Bu qişloq — mening vatanim. Men şu yerda tuğildim, ulğaydim va yaşayapman. Şu bois menda u uçun nimadir qiliş, bu yerga pullar va sayyohlarni jalb qiliş istagi tuğildi", - deydi Muhammad.

Avvallari u gid bölib işlagan, lekin 2011 yilda nafaqaga çiqqandan keyin mehmonxona oçdi. Maşinani jihozlaşga qizi yordam berdi: u çoyşablar va yostiqlar tikib, eski maşinasi intererini bezadi.

Qöşni ğorda erkak resepşen (röyxatdan ötiş joyi) oçgan, vannaxona va oşxona ham öşa yerda joylaşgan, bu yerda u sayyohlarni şirinliklar bilan mehmon qiladi. Uning yonida esa Muhammad kiçik suvenir rastasini oçdi.













