Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov Transport va yöl vaziri Jamşitbek Kalilovni qabul qildi. Bu haqda, QR prezidenti apparatining axborot siyosati bölimi xabar bermoqda.

Uçraşuvda davlat rahbariga, qöşni mamlakatlar bilan avtomobil, temir-yöl va aviaqatnov transporti sohasidagi hamkorlik masalalari, yöl-transport sohasidagi islohotlar, yöl va transport  infratuzilmasini yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi. 

Jamşitbek Kalilov ma'lumotiga köra, Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston temir yöli qurilişi böyiça, mutaxassislar 25 dekabr kuni Toşkentga yöl oladi. 27 dekabr kuni esa vazirlar darajasida uçtomonlama muzokara ötkaziladi.

Sooronboy Jeenbekov quriliş işlarining tezroq boşlanişi, Markaziy Osiyoni hududning samarali tranzit yölagi sifatidagi jozibasini oşiriş imkoniyatini beradi, deb ta'kidladi.