Ispaniya qiroli Felipe VI Rojdestvo bayrami munosabati bilan millatga murojaatida Kataloniyaning mustaqillikni qöllab-quvvatlovçi partiyalar mutlaq köpçilikni taşkil qilgan yangi parlamenti turli siyosiy pozitsiyalarga hurmat bilan munosabatda bölişi va mas'uliyat bilan harakat qilişi kerak, deb aytdi.

“Bir neça kun avval Kataloniya aholisi parlamentga öz vakillarini tanlaş uçun ovoz berdi. Bu parlament turfa fikrlilikni hurmat qilib, barçaning manfaati uçun mas'uliyatli fikr yuritib, kataloniyaliklarga taalluqli muammolarni hal qilişi kerak böladi. Uşbu yöl yana töqnaşuvlarga olib kelmasligi lozim, çunki bular ziddiyat, işonçsizlik, umidsizlik, butun jamiyatning ma'naviy, fuqaroviy va iqtisodiy qaşşoqlaşişini vujudga keltirişini hammamiz bilamiz”, deb aytgan qirol murojaatida.

U “ğoyalar oilalar va döstlarni uzoqlaştirmasligi” uçun turfa körinişdagi katalon jamiyatining birga yaşaşi, barqarorlik, özaro hurmatni tiklaş yölida harakat qilişga çaqirdi. 

Qirol öz murojaatida avgustda Kataloniyada yuz bergan fojialar – Barselona va Kambrilsdagi teraktlarni eslab ötdi va “demokratik birdamlik, huquqiy davlat kuçi, xalqaro hamkorlik samaradorligigina” terrorçilikni mağlub eta olişini aytdi.

Qirol öz murojaatini an'anaviy tarzda kastil, bask, katalon va galisiy tillarida yakunladi.

21 dekabrda Kataloniyada muddatdan avval parlament saylovlari bölib ötdi. Saylovda Ispaniya hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlovçi “Fuqarolar” partiyasi 1-örin egallaganiga qaramay, Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlovçi uçta partiya 135 örinlik parlamentda mutlaq köpçilikni qölga kiritişga muvaffaq böldi.