O‘zbekiston | 18:36 / 25.12.2017
13462
3 daqiqa o‘qiladi

Quvasoyda navbatdagi nodavlat ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini joylarda amalga oshirish uchun bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi vazirlik tizimidagi Farg‘ona viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda shahar va tumanlardagi bo‘limlari ushbu qaror ijrosini ta'minlash hamda viloyatda nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda bu borada Farg‘ona viloyatida ham 16 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga jami 1092 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olinib sifatli ta'lim-tarbiya olib kelmoqdalar. Kelgusida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 2018 yildan boshlab har bir tuman, shaharlarda nodavlat ta'lim muassasalari ochilishi rejalashtirilgan.

Viloyat Moliya boshqarmasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamda tuman va shahar hokimliklari bilan hamkorlikda investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan «nol» qiymatda bino berish hamda xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida viloyatda 242 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining manzilli ro‘yxati shakllantirildi.

Ushbu shakllantirilgan 242 ta muassasalarni qurib foydalanish va ulardan samarali foydalanish ishlari ham boshlab yuborildi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Quvasoy shahridagi “Cho‘lpon” mahalla fuqarolar yig‘ini Alisher Navoiy ko‘chasida tadbirkor Maqsudjon Mamatxo‘jayev homiyligida “Ko‘zmunchoq” nodavlat ta'lim muassasasi faoliyatini boshladi.

Ushbu tadbirda Farg‘ona viloyat hokimi, Oliy Majlis senati a'zosi Shuhrat G‘aniyev, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Yulduz Xodjayeva va qator mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Yangi tashkil qilingan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasiga 75 nafar mahalla hududidagi bolajonlar qabul qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid