Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, YTH natijasida mikroavtobusdagi 11 nafar qiz halok bo‘lgan, yana uch ayol va erkak jabrlangan. 

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, haydovchi tezlikni oshirgani bois boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. 

Qizlar to‘y marosimidan qaytayotgan bo‘lishgan, biroq halok bo‘lganlarning orasida kelinning bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.