Bugun, 24 dekabr kuni Toşkent şahrida xalq deputatlari tuman Kengaşlari a'zolarini saylaş jarayoni taşkil etildi. Şu vaqtgaça poytaxt tumanlarining aholisi bunday imkoniyatga ega emasdi. Konstitutsiyaga tegişli özgartirişlar kiritilgan. Endilikda Toşkent şahri aholisi ham özlari saylagan vakillari orqali tumanlarni boşqarişda iştirok etiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Ammo, saylov jarayoni yuqori saviyada, şuningdek, har tomonlama şaffof taşkil etilganiga işoniş qiyin. Gap şundaki, tartibga köra, 11 tumanning har biriga 30 deputat saylanişi belgilangan. Şu boisdan, 330ta saylov okrugi taşkil etilgan bölib, har bir saylovçi konstitutsiyaviy huquqidan erkin foydalanişi, doimiy röyxatga olingan hududiga yaqin joyda taşkil etilgan saylov uçastkasiga taşrif buyurişi hamda munosib nomzod ovoz berişi mumkin.

Biroq, Uçtepa tumanida joylaşgan 26-oilaviy poliklinika binosida taşkil etilgan, 10-Zakovat saylov okrugiga qaraşli 24-saylov uçastkasidagi mutasaddi vakillar milliy qonunçiligimiz talablarini oçiqçasiga buzilişiga yöl qöymoqda. Ya'ni, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida şunday deyiladi:
«Har bir fuqaro - saylovçi bir ovozga ega».
Ammo, havola etilgan manzarada saylovçilar yaqin qarindoşlari yoki döstlarining nomidan ham saylov byulletenini savatçaga taşlaşini, qölida bir neçta fuqarolik pasporti bilan kirib kelayotganini kuzatiş mumkin.

Qolaversa, saylov uçastkasiga kiraverişda turgan MFY vakili «2-nomzod, Jamolov Ğofur»ga ovoz beriş kerakligini uqtirmoqda.

Vaholanki, saylov kuni va ovoz beriş boşlanişiga bir kun qolganida saylovoldi taşviqotiga yöl qöyilmaydi. U holda, tabiiy savol paydo böladi: saylov kim uçun va nega taşkil etilgan?
Toşkent avtomobil va yöllar kasb-hunar kolleji binosida taşkil etilgan 3-Zavqiy saylov okrugiga qaraşli uçastkada ham şunday vaziyat yuz bergan. Saylovçilardan birining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, saylov jarayonini ötkazişga mas'ul etib tayinlangan şaxslar «kimga ovoz beriş zarurligini tavsiya qilişgan».












