Livan boş vaziri Saad Haririy noyabr oyida Saudiya Arabistoni hukumati bosim ötkazgani tufayli öz lavozimini tark etişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Xabarga köra, Ar-Riyodga taşrif bilan kelgan Haririyni iste'fo haqidagi bayonotidan bir kun avval uy qamoğiga olişgan. U yerda uning telefonini tortib olib qöyişgan va tan soqçilarsiz qoldirişgan. Şundan söng Haririyga öz vakolatlarini topşirayotgani tilga olingan bayonot matni berilgan.
Avvalroq turli OAV Saudiya Arabistoni hukumati Haririyni kuç bilan uşlab turgani haqida yozgandi.
Biroq NYT’ning ta'kidlaşiça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon «hibsga oliş» taşabbusi bilan çiqqan. Şu tariqa u Eronning mintaqadagi obrösini çeklab qöymoqçi bölgan.
Lekin, gazetaning ta'kidlaşiça, bin Salmonning rejalari oxirigaça amalga oşmay qoldi, sababi Haririy atrofidagi vaziyat unga e'tiborning yana kuçayişiga olib keldi. Bundan taşqari, u noyabr oyining oxirida Livan boş vaziri lavozimini tark etmaslikka qaror qilgani haqida ma'lum qildi.

















