KUN.UZ tahririyati öquvçilariga Özbekiston va jahondagi yangiliklarni xolis va tezkor yetkaziş borasida imkoniyati darajasida faoliyat yuritib keladi. Şu bilan birga, tahririyat davlat rahbarining mamlakatda şaffoflikni ta’minlaş borasidagi çaqiriqlariga birinçilardan bölib “labbay” deb javob qaytardi hamda respublikada mavjud muammolarni oçiq-oydin keng jamoatçilik e’tiboriga havola qila boşladi. 

Xususan, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyevning öz vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda maktab direktorlarini urgani, ularni haqorat qilgani haqida bong urdi hamda uşbu voqea bilan boğliq bir neça maqolalarini e’lon qildi.

Quyida voqealar rivoji bilan yana bir tanişib olişingiz mumkin. 

Şundan söng, respublika Boş prokuraturasi Sirdaryo viloyati prokuraturasi mazkur iş yuzasidan tekşiruv ötkazayotgani, uni öz nazoratiga olganini ma’lum qildi. Ammo, mamlakat qonunçiligida tergov-suriştiruv işlari 3 oy davom etişi belgilangan bölsa-da, bu iş yuzasidan 3,5 oy ötganiga qaramay yakuniy bayonot berilgani yöq. Aslida, yaqqol körinib turgan narsaga huquqiy baho beriş şunçalik çözilib ketganining özi ajablanarli va kişini öyga toldiradi.