08:50 / 29.12.2017
7315

Poroshenko Ukrainaning 2017 yildagi eng asosiy yutuqlarini sanab o‘tdi  

Foto: Ukraina Prezidentining ma'muriyati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z poyoniga yetayotgan 2017 yilda mamlakat erishgan eng asosiy yutuqlar Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan vizasiz tartib kiritilishi va G‘arb tomondan mamlakatning mustaqillik uchun kurashi qo‘llab-quvvatlanishini aytdi. Bu haqda Poroshenko saytida ma'lum qilindi.

“Vizasiz tartib Ukraina pasporti hurmat qilina boshlaganini anglatadi. 11 iyundan biometrik pasportga ega har bir ukrainalik navbatda turmasdan, viza yig‘imlarini to‘lamasdan, hech kimga kerakmas bir uyum qog‘ozlarni imzolamasdan, Yevropa Ittifoqi bo‘ylab erkin sayohat qila olishi mumkin bo‘ldi”, deb aytgan Poroshenko.

Poroshenko g‘arb davlatlari tomondan qo‘llab-quvvatlov davom etayotganining muhimligini ta'kidlab o‘tdi. “Yevropa Ittifoqi biz bilan birdam bo‘lib, murakkab qarorligiga qaramay, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi. Ukraina bilan birdamlikning namoyish qilinishi biz uchun ustuvor hisoblanadi, chunki adolat va haqiqat biz bilan”, deb hisoblamoqda Poroshenko.

Ukraina prezidenti bu yutuqlardan tashqari, markazsizlashtirish dasturi, sud islohotlari davom ettirilayotgani va 300 km yo‘l qurilib, ta'mirlanganiga e'tibor qaratdi. 

Mavzuga oid
Top