Zimbabve hukumati mamlakatni 37 yildan köproq boşqargandan keyin iste'foga çiqqan sobiq prezident Robert Mugabega taqdim qilinadigan imtiyozlar haqida rasman ma'lumot berdi. Bu haqda Herald naşri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, sobiq prezidentga kamida 6 nafar tansoqçi, 2 nafardan haydovçi, şaxsiy kotib, yordamçi va ofis xodimi taqdim qilinadi. Mugabe ixtiyoriga Zimbabve poytaxti Xararening istalgan joyida töliq jihozlangan idora topşiriladi.
Agar Mugabega şaxsiy qarorgoh kerak bölsa, buning uçun ajratiladigan yer maydoni 5 ming kvadrat metrdan oşmasligi kerak. Uy 5 ta yotoqxona, yana 3 ta yotoqxonaga ega mehmonlar uçun qism, suv havzasi, qorovullar uçun 2 ta xona va 2 ta garajga ega bölişi lozim. Qarorgohda xizmat qiluvçi xodimlar kamida 3 nafar uy xizmatkori, 2 nafardan boğbon, oşpaz, ofitsiant va kir yuvuvçidan iborat bölişi lozim.
Bundan avvalroq, sobiq prezidentga 150 ming dollarlik pensiya tayinlanişi, şuningdek, yana 10 mln dollar bölib-bölib taqdim qilinişi ma'lum qilingandi.
93 yoşli Mugabe harbiylar va mamlakatdagi yetakçi partiya rahbariyati bosimi ostida noyabr oxirida iste'foga ketdi. Uning örnini sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagva egalladi.

















