Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakat sobiq rahbarlari foydalanişi mumkin bölgan imtiyozlarni belgilab berdi. Bu haqda Zimbabvening The Herald gazetasi yozmoqda. Bu imtiyozlardan 1987 yilning 31 dekabridan oliy lavozimni egallagan va bitta töla muddatda işlagan istalgan şaxs foydalanişi mumkin. Noyabr oxirida iste'foga çiqqan Robert Mugabe esa aynan şu sanada prezidentga aylangandi.
Sobiq prezident mamlakat poytaxti Xararening istalgan joyidagi qarorgohga da'vogarlik qilişi, şuningdek uy-joy uçun nafaqa olişi mumkin. Muqobil variant ham taqdim etiladi – mamlakatning istalgan joyida qarorgohni quriş yoki xarid qiliş yoxud qarorgoh qiymatiga teng bölgan pulni oliş.
Qarorgoh uçun yer maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiqni taşkil etişi mumkin emas. Uy hajmi «beşta yotoqxona, uçta yotoqxonaga ega mehmonxona qanoti, kabinet, hovuz, qöriqlaş xizmati uçun ikkita xona va ikkita garajdan» köproqni taşkil etmasligi lozim, deb yozadi gazeta.
Uyda ikki xizmatkor ayol, ikki boğbon, ikki oşpaz, ikki ofitsiantka va ikki nafar kir yuvuvçi şaxs işlaydi. Sobiq prezidentning qöriqlaş xizmati soni amaldagi davlat rahbari tomonidan aniqlanadi, biroq ular kamida olti kişi bölişi kerak.
Sobiq prezidentga telefon aloqasi, ikki kompyuter va amaldagi prezidentning xohişiga köra istalgan boşqa narsalar bilan jihozlangan ofis taqdim etiladi. Şuningdek sobiq amaldorga mobil telefon ham beriladi. Unga ikki haydovçi, ikki şaxsiy kotib, ikki ad'yutant va ikki klerk xizmat körsatadi.
Şuningdek lavozimidan ketgan yetakçi bir yilda tört marta aviaparvozni bepul amalga oşirişi, bitta Mercedes Benz S500 yoki şunga öxşaş avtomobilga, bitta töla uzatmali furgon va bitta pikapga ega bölişi mumkin. Bundan taşqari, qöriqlaş xizmati va boşqa işçilarga ham transport taqdim etiladi. Avtomobillar parkini yangilaş har beş yilda röy beradi.
93 yoşli Mugabe harbiylar va mamlakatdagi yetakçi partiya rahbariyati bosimi ostida noyabr oxirida iste'foga ketdi. Uning örnini sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagva egalladi.

















