2018 yil 1 yanvardan tadbirkorlarning mehnat stajlarini elektron hisobga oliş joriy etiladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 iyuldagi qaroriga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, dehqon xöjaliklari a'zolarini, qoramol östiriş va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş bilan şuğullanayotgan şaxslarni hamda yuridik şaxs maqomiga ega bölmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan boşqa sub'yektlari böyiça mehnat stajlarini elektron hisobga oliş joriy etiladi.
Mehnat staji (şu jumladan lavozim mavqei, vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat ta'tilidagi va uzrli sabablarga köra işda bölmagan davrlar) haqidagi ma'lumotlar har bir jismoniy şaxs böyiça iş beruvçilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölov va suğurta badallari böyiça soliq hisoboti tarkibida taqdim etilişi belgilandi.

















