Avvalroq Sirdaryo viloyati prokuraturasining ma'lumotlariga asoslanib, Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 183-moddasi bilan ma'muriy ishlar qo‘zg‘atilgani va ular ko‘rib chiqish uchun 2017 yil 28 dekabrda ma'muriy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudiga yuborilgani to‘g‘risida ma'lumot bergan edik.

E'tiborli tomoni viloyat prokuraturasining bergan ma'lumotida aytilishicha, Sayxunobod tuman hokimi N.Egamberdiyev ham tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat etib, unda 28 avgust 2017 yilda tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng, uni tumandagi ta'lim muassasalari rahbarlarini tumanda o‘tkazilgan mustaqillik bayramiga qo‘l ostidagi xodimlarni madaniy hordiq chiqarish uchun olib kelmaganliklari sababli, ularni haqoratlab, qo‘l tekkizgani holatini yashirin ravishda video tasvirga olib, ommaviy axborot vositalariga chiqarib yuborib, uni obro‘siga putur yetkazgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tekshirish natijasi bo‘yicha Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori K.Rahmonovning harakatlarida MJtKning 46-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor etish, ya'ni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma'naviy zarar yetkazadigan ma'lumotlarni oshkor etish huquqbuzarligi alomatlari mavjud bo‘lganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori Komiljon Rahmonovga nisbatan MJtKning 46-moddasi bilan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun ma'muriy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudiga yuborildi. Endilikda unga eng kam oylik ish haqining 2 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Prokuraturaning ushbu bayonotidan keyin KUN.UZ tahririyatida bir qancha savollar tug‘ilmoqda.

1) Demak, bir huquqbuzarning noqonuniy xatti-harakatlarini videoga olib, uni OAVga yetkazsa, ya'ni aytaylik jinoyat haqida xabar bersa, o‘sha xabar bergan odam ham jazoga tortilar ekanda?!

2) Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-moddasiga e'tibor qilsak, tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamg‘armalar sirlarini, xuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga