2017 yil 29 dekabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3454 sonli «Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Uşbu qarorda soliqlarning turlari va ularning stavkalariga boğliq bir qator özgarişlar belgilab berilgan. Keling, yangi yildan soliqlar borasida qanday özgarişlar sodir bölişini, ularning natijalarini avvalgi yillarga taqqoslagan holda örganib çiqaylik.

JŞDS — jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkalari şkala böyiça: 0 — 7.5 — 16,5 — 22,5 foiz (şu vaqtga qadar 0 — 7,5 — 17 — 23 foiz bölgan).

Özgarişlar natijasi: kelgusi yilda daromad soliği yirik miqdordagi oyliklarda kamroq tölanadi.

JBPT – jamğarib boriladigan pensiya ta'minoti böyiça ajratmalar — 2 foiz (şu vaqtga qadar — 1 foiz).

Natija: jamğariladigan pensiya hisobvaraqlariga köproq mablağ yiğiladi va kelgusida köproq mablağ aholi ixtiyorida böladi.

Taşkilotlar uçun obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği — endi yöq, çunki foyda soliği tarkibiga biriktirilgan (şu vaqtga qadar 8 foiz bölgan).

Natija: soliq turlari bittaga kamaydi va umumlaştiriş hisobiga soddalaştirildi.

Yirik taşkilotlar (umumiy tartibda soliq tölovçilar)dan foyda soliği — 14 foiz (şu vaqtga qadar 7,5 foiz edi, biroq obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği bilan qöşib hisoblaganda — 15,5 foizni taşkil etgan).

Natija: yirik taşkilotlar umumiy hisobda kamroq soliq tölaşadi va mablağlarini iqtisod qilişlari mumkin.

Tijorat banklari foyda soliği — 22 foiz (şu vaqtga qadar 15 foiz edi, biroq obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği bilan qöşib hisoblaganda — 23 foizni taşkil etgan).