Rossiyalik biznesmen Alişer Usmonov «Noviy Media Xolding» MÇJdagi öz uluşini şerigi, «Megafon»ning sobiq rahbari Ivan Tavringa sotgan. Bu haqda Usmonovning aktivlarini boşqaruvçi USM Holdings matbuot xizmati TASSga ma'lum qilgan.

«YuTV böyiça bitim yakun topdi», — degan kompaniya vakili.

Usmonovning öz televizion aktivlarini Tavringa sotiş rejalari RBKga 13 dekabrda ma'lum bölgan, şu kuni tomonlar TASSga bu axborotni rasman tasdiqlaşgan ham. Gap Tavrin tomonidan «Noviy Media Xolding» MÇJning 58,29 foizini xarid qilişi haqida bormoqda. Bitimgaça «Noviy Media Xolding» MÇJning 41,71 foiz uluşi Tavringa tegişli edi, bitimdan söng u kompaniyaning töliq 100 foiziga egalik qiladi.

«YuTV Xolding»ning asosiy aktivlari  «Yu», «MUZ-TV» va Disney federal TV-kanallaridir, şuningdek, «STS Media» tarkibiga kiruvçi («STS», «Domaşniy», «Çe» va «STS Love») kanallari hamdir. Bundan taşqari «YuTV Xolding»ga Qozoğistondagi 31-kanal va «Perets» kanalining xalqaro versiyasi ham kiradi.

Eslatib ötamiz, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, bir muddat Özbekistonda faoliyat körsatgan «SofTS» kanali ham uşbu xoldingga tegişli bölgan.