Kosta-Rikaning Guanakaste viloyatida 31 dekabrda yuz bergan aviafalokatda 12 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlardan 10 nafari amerikalik sayyoh bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin o‘rmon hududiga qulagan va yonib ketgan.

Bu haqda mamlakat prezidenti Luis Gilermo Solis Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.

“Kosta-Rika hukumati 10 nafar amerikalik va 2 nafar kosta-rikalik uchuvchining aviafalokatda halok bo‘lganidan chuqur qayg‘uda”, deb ma'lum qilgan prezident. 

Uchuvchilardan biri mamlakatning sobiq prezidenti Laura Chenchilyaning amakivachchasi bo‘lgan. 

Foto: Reuters