Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari yangi yil oqşomida qanday tilak va orzularni bildirişdi? Mintaqa siyosatçilarning yangi yil tabrigini qozoğistonlik siyosatşunos Yerlan Karin öz Telegram kanalida şarhladi.

Siyosatşunosning qayd etişiça, an'anaga köra Markaziy Osiyo yetakçilari tugab borayotgan yilning sönggi daqiqalarida albatta öz fuqarolarini teleekrandan turib yangi yil bilan qutlaydi. Bu nafaqat siyosiy an'anaga aylangan, balki yangi yil bayramining muhim ajralmas qismi ham bölib ulgurgan.

«Agar ötgan yili bu faxrli yumuş bilan ilk marta Özbekistonning yangi yetakçisi Şavkat Mirziyoyev çiqiş qilgan bölsa, bu safar yangi yil oqşomida öz xalqiga ilk marta Qirğizistonning yaqindagina saylangan yangi prezidenti Sooranbay Jeenbekov tabrik yölladi. Yangi yil tabrigi — albatta, hukumat uçun köp sonli topşiriqlar, jamiyat uçun keng qamrovli nomalardan iborat prezident murojaatnomasi emas, albatta, lekin uşbu qisqa nutqlarda yetakçilar ötib borayotgan yilning eng ahamiyatga molik onlari va yangi yildagi ustuvorliklarga umumiy tarzda şama qilişga harakat qilişadi. Şu sababli Markaziy Osiyo siyosati bilan qiziquvçilarga mintaqa yetakçilarining yangi yil tabriklariga doir mana şunday tahliliy şarh qiziq bölsa kerak», — deb yozgan Karin özining Telegram kanalida.

Uning qöşimça qilişiça, yangi yil murojaati birinçi navbatda ötib borayotgan yilning asosiy yakunlarini umumlaştiriş va fuqarolarga uni yana bir marta eslatiş imkoniyati hamdir.

«Bu bölim Qozoğiston yetakçisida ança salmoqli köriniş hosil qildi — bunga EKSPO, ŞHT va IHT sammitlari, Qozoğistonning BMT Xavfsizlik Kengaşi tarkibiga saylanişi va 2017 yilning boşqa yorqin voqealari qöşildi.

Turkmaniston prezidenti birinçi navbatda Aşxobodda yopiq inşootlarda va jang san'ati böyiça Osiyo öyinlarining ötkazilgani, yangi infratuzilma obektlari — Turkmanobod–Farob yönalişi böyiça Amudaryo ustidan avtomobil va temiryöl köpriklari işga tuşirilgani, Aşxobodda yangi ofis va turarjoy binolari qurilganini qayd etib ötdi.

Özbekiston prezidenti mamlakatning 2017 yildagi taşqi siyosatda erişgan yutuqlariga alohida urğu berdi, jumladan, Özbekistonning qöşni mamlakatlar bilan munosabatlari prinsip jihatdan yangi asosda rivojlanayotgani qayd etib ötildi. Faqat şuning özidan ham prezident mintaqaviy hamkorlikka yangi impuls bera olganidan faxrlanişini payqaş mumkin. Adolat yuzasidan tan oliş kerakki, haqiqatdan ham Markaziy Osiyo yetakçilari aloqalarida kuzatilayotgan faollikni aynan Şavkat Mirziyoyevning sa'y-harakatlari bilan boğlaş mumkin.