AQŞ prezidenti Donald Tramp Falastinga «juda katta miqdordagi pullarni» ajratiş böyiça masalani qayta körib çiqiş lozimligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning sözlariga köra, «biz nafaqat Falastinga, balki boşqa köplab mamlakatlarga ham heç narsa evaziga milliardlab dollar beramiz».
Trampning ma'lum qilişiça, «masalan, biz falastinliklarga bir yilda yuzlab million dollar tölaymiz». Amerika prezidentining ta'kidlaşiça. Falastin «Isroil bilan tinç şartnoma böyiça muzokaralar olib borişni xohlamayapti».
«Nima uçun biz kelajakda tinçlik haqida gaplaşişni istamayotgan falastinliklarga yirik tölovlarni yuborişimiz kerak», - deya ma'lum qildi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Qöşma Ştatlar ma'muriyati hozirça Pokistonga 255 mln dollarlik yordam pulini taqdim etmasligi haqida ma'lum qilgandi va uşbu mamlakatni terrorizm muammosiga nisbatan “ikki xil öyinda” ayblagandi.












