"Yaqin Şarqdagi siyosiy tartibsizliklar neft narxini ikki yillik maksimumga kötarib yubordi. Eron hukumatiga qarşi boşlanayotgan isyon OPeKning kattaligi böyiça uçinçi davlatida neft qazib olişga xalaqit berişi mumkinligi bilan boğliq xavotirlar seşanba kuni yana ösişga olib keldi, bir barrel uçun narx 65 dollarlik darajadan oşdi", - deya yozmoqda Die Presse.
"Şu tariqa, geosiyosiy xatar neft dunyosiga qaytganini nişonlamoqda", - deya izoh bergan maqola muallifi Mattias Auer.
"Neft kompaniyalari narxning oşişi uçun avvalambor OPeK kartelidan minnatdor bölişi kerak. Işlab çiqaruvçilarning narxlarni barqarorlaştiriş uçun qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça kelişuvi effekt berdi, bu tarixiy bitimni imzolagan davlatlarning ba'zilari unga bugungi kunga qadar rioya etmagan bölsa-da, kuzatildi. Bu yerda Rossiya yaxşi namunadir", - deya yozadi jurnalist.
Kelişuvda qatnaşiş Rossiyaga ötgan yilda yerdan SSSR parçalanib ketganidan keyingi davrda eng köp neftni qazib olişga xalal bermadi, deyiladi maqolada.
"Putin 1999 yilda hukumat tepasiga kelganidan söng, mamlakatda neft qazib oliş hajmi qariyb uç baravarga oşdi. Biroq ötgan yilgi tryuk faqat şuning evaziga yuz berdiki, Rossiya OPeK bilan bitimga alohida şartlarda erişişning uddasidan çiqdi", - deya xabar beradi muallif.
Mavzuga oid: Kiçik oqquşlar raqsi. 2018 yilda neft narxi nimalarga boğliq böladi?
"Rossiya yangi yilda neft qazib olişning hajmining qisqarganini his etişi kerak. Ekspertlar bir neça yil içida birinçi marta Rossiya neft qazib oliş sohasida sustlik yuz berişini kutişmoqda", - deyiladi maqolada.
Amerikada slanetsli neft qazib olinişiga keladigan bölsak, 2017 yilning oxirida u 2015 yilning oktabridan beri eng minimal darajada qolayotgandi. Bu ham neftning bugungi narxlarini yuqori darajada saqlab qolişi kerak, har holda birinçi yarim yillikda, deya fikr bildirgan muallif.
"Biroq, OPeKning noyabr oyida Venada bölib ötgan uçraşuvida ba'zi mamlakatlar bitimdan çiqişga çaqirişdi. Öşanda Rossiyaning ovozi eng baland eşitilgandi", - deya ta'kidlaydi muallif xulosa örnida.












