Video muallifi Artyom Tkachenkoning aytishicha, u plyajda dron yordamida yon-atrofni suratga olayotganda drondan uzatilayotgan tasvirda suv chekkasida cho‘milayotgan bir bola yoniga 4 ta akula yaqinlashib kelayotganini ko‘rib qolgan. Shunda u bundan bexabar bolaga suvdan chiqishini aytib baqirgan. 

YouTube’da rolik ostida qoldirilgan izohlarda bola haqiqatan ham xavf ostida qolgani borasida turli fikrlar bildirilgan va akulalar beozor enaga-akulalar ekanligiga e'tibor qaratilgan.