Barçamiz bir joydan start olmaganmiz! Bu gap şunçalar umumiyki, har qaçon «nega aynan men», «nima gunohim uçun», deb öz-özingizga savolga berganingizda uşbu jumlani eslab turing. Avval boşdan, biz bir çiziqda emasdik. Negaki, kimdir moliyaviy baquvvat oilada, kimdir uzoq ovuldagi çöpon oilasida tavallud topdi. Yaratgan kimgadir çiroy, boşqasiga zakiy aqlni ato etdi. Kimdir hayotda omadli milliarder, boşqasi mirişkor dehqon... Katta öyin boşlanganida - bir çiziqda saf tortmadik. Insoniyat bu azaliyatning mohiyatiga yetib bormay, iqtidor, çiroy yo boyligini kökka sovurdi, nima uçun berilganini unutdi.

Şunday öylar bilan Sirdaryodan qaytib keldim. Yurakni şunçalar hapqirtirgan voqea şu böldiki, ming yillik tarixga ega xalqimiz bir devor narida yaşab turgan qöşnisining holidan xabar olişni unutibdi. Bir kun emas, bir yil emas, naq 17 yilga unutibdi... Muştariyni qiynamay, voqeani bir boşdan muxtasar aylasam.

Tahririyatimizga yetib kelgan navbatdagi murojaat Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan edi. Unda aytilişiça, muştipar ona maktab yoşiga yetib qolgan ikki nafar nabirasiga tuğilganlik haqida guvohnomani ololmay sarson. Ma'lum qilinişiça, bolalar ösib ulğayib qolganiga qaramay, haligaça tuğilganlik haqida guvohnomasi yöq, bu esa jonkuyar onani kuyuntirib qöygan. Masalaga oydinlik kiritiş uçun Sirdaryo viloyatiga yöl oldik.

Aniqlanişiça, Kun.uz'ga murojaat yöllagan ayolning kelini muqaddam Tojikiston SSR fuqarosi sifatida tuğilganlik guvohnomasiga ega bölgan, şundan söng Özbekistonga kelib, fuqarolik pasportini ololmagan. Heç qanday hujjatsiz, rasman FHDYoda qayd etilmasdan, Boyovut tumanida yaşab kelayotgan Özbekiston fuqarosiga turmuş çiqqan. Ayni paytda oila - ahil, şirindan-şakar ikki nafar qizni tarbiyalab kelişyapti. Aynan onasining pasporti yöqligi, qolaversa, FXDYoda nikohdan ötmagani, ikkala nabirani tuğilganlik guvohnomasisiz yaşaşga mahkum etgan. Eng açinarlisi oila ustuni - qizlarning otasi baxtsiz falokatga yöliqib, ikkinçi guruh nogironi bölib qolgan.

Tabiiy, savol paydo böldi: bolalarning kelajagi byurokratik qandaydir omilga asir böldimi? Balandparvoz şiorlarni takrorlab yurgan Yoşlar Ittifoqi vakillari, aşor töqib, ayollar huquqni himoya qiluvçi Xotin-qizlar qömitasi qayoqqa qarayapti? Nega jamoatçilik bunday çigal vaziyatga jur'at bilan aniqlik kirita olmaydi?

Tuman IIB, FXDYo bölimida bölib, mutasaddi rahbarlar bilan suhbatlaşganimda anglab yetdimki, hujjatlarni rasmiylaştirişga heç qanday tösiq ğov bölib turgani yöq. Şunçaki, örnatilgan tartibda, söralgan hujjatlarni tayyorlab kelişsa, bas!

Murojaatning asl muddaosi şu pallada ma'lum bölib qoldiki, muştipar ona öğlining nogironligidan siqilib, özi ham köp dardga duçor bölgan, oila faqat moddiy kömakka muhtoj. Kelini esa 17 yildan buyon (fuqaroligi yöq şaxslarga taqdim etiluvçi) oddiy pasportni olişga qurbi yetmaydi. Bir tarafda, qizlar ulğayib maktabga borişga şay turibdi, ularning kundaligi tugul, ism-şarifi yozilgan bir parça qoğozi ham yöq.