12:33 / 06.01.2018
12653

Van Deyk Liverpul derbisida qahramon bo‘ldi, "MYu" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘lga kiritdi

Foto: Twitter/LFC

«Enfild» stadionida Angliya kubogining 1/32 finali doirasida mersisayd derbisi bo‘lib o‘tdi. «Liverpul» o‘z maydonida kechgan prinsipial bahsda «Everton»ni 2:1 hisobida taslim etdi.

Qizillar 35-daqiqada oldinga chiqib olishdi - Jyeyms Milner penaltini aniq amalga oshirdi. «Everton» 67-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi - Gilfi Tor Sigurdsson Loris Kariusga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Mezbonlarga g‘alabani esa «Liverpul» uchun o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazgan Virjil van Deyk 84-daqiqada keltirdi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari Angliya kubogining 1/16 finaliga yo‘l olishdi.

Liverpul – Everton 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar
: 1:0 – 35, Milner penalti, 1:1 – 67 Sigurdsson, 2:1 – 84 van Deyk.
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Gomes (Solanke, 77), van Deyk, Oksleyd-Chemberlen, Jan, Mane, Lallana (Veynaldum, 70), Firmino, Milner (Aleksander-Arnold, 77).
Everton – Pikford, Xolgeyt, Martina, Kenni, Jagelka, Makkarti (Devis, 86), Shnayderlin, Sigurdsson, Bolazi, Kelvert-Lyuin (Nyasse, 82), Runi (Lukman, 52).
Ogohlantirishlar: Runi (7), Makkarti (60), Solanke (88).

«Manchester Yunayted» Angliya kubogining 1/32 finali doirasidagi uchrashuvda «Derbi Kaunti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Joze Mourino shogirdlari butun uchrashuv davomida katta ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq faqatgina 84-daqiqada mehmonlar darvozasini ishg‘ol etishdi – zaxiradan maydonga tushgan Romelu Lukakuning to‘p uzatishidan so‘ng Jyessi Lingard gol urdi. Lukaku 90-daqiqada o‘zi darvozani aniq nishonga oldi hamda uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

«MYu» Angliya kubogining 1/16 finaliga chiqdi va o‘z raqibini qur'a natijalariga ko‘ra bilib oladi. «Derbi Kaunti» musobaqani tark etdi.

Manchester Yunayted – Derbi Kaunti 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 84 Lingard, 2:0 – 90 Lukaku.
Manchester Yunayted – Romero, Smolling, Shou, Lindelef, Blind, Errera, Pogba, Lingard, Mata (Marsyal, 67), Mxitaryan (Lukaku, 46), Reshford(Fellayni, 80).
Derbi Kaunti – Karson, Kio, Olsson, Uizdom, Pirs, Lourens (Bennett, 81), Xaddlstoun, Vaymann, Torn, Rassell (Xenson, 78), Uinnall (Vidra, 67).

Top