80 yil avval, 1938 yilning 6 yanvarida bir necha avlodning sevimli kumiri, italiyalik aktyor, qo‘shiqchi, kinorejissyor va bastakor, ovozi va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi Adriano Chelentano dunyoga keldi. Milan va San-Remodagi festivallarda ilk g‘alabalar, xit-paradlardagi yuqori o‘rinlar, plastinkalar, tinimsiz mehnat yillari va jahon ahli e'tirofi — Chelentano Italiya musiqasini yangi bosqichga ko‘targan mashhur estrada qo‘shiqchisiga aylandi.
Aktyor-Chelentanoning hisobidan 40dan ortiq filmlar o‘rin olgan. U 70-80-yillardagi komediyalar orqali tomoshabinlar qalbidan bir umrlik joy oldi. Chelentanoning kinodagi ilk muvaffaqiyati 1959 yilda namoyish etilgan "Bolalar va musiqiy avtomat" kartinasi bo‘ldi. Uning boshqa mashhur ishlari orasida "Devona oshiq" (1981), "Bingo-Bongo" (1982) va albatta, "Qaysarning quyilishi" (1980). Italiyalik artist va musiqachining suratlari uning 80 yoshligiga bag‘ishlangan fotojamlanmasida.

Adriano Chelentano "Qaysarning quyilishi" filmida (1980), 1980 va 1959 yilda

Ornella Muti va Adriano Chelentano "Devona oshiq" filmida (1981)

Adriano Chelentano "Tuz" filmida (1981)

Adriano Chelentano 24000 Baci kompozitsiyasi ijrosi vaqtida (1961)

Entoni Kuinn va Adriano Chelentano "Safsata" filmida (1976)

Adriano Chelentano va suratkashlar Rimda, 1997 yil

Adriano Chelentano va uning turmush o‘rtog‘i Klaudiya Mori, 1977 yil

Adriano Chelentano va uning turmush o‘rtog‘i Klaudiya Mori Venetsiya kinofestivalida, 2008 yil


























