2018 yilning yanvar oyidan boşlab, işlovçi pensioner-şifokorlarga pensiya 100 foiz miqdorda tölanadi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “Xususiy tibbiyot taşkilotlarini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça şart-şaroitlarni yaratiş töğrisida” qarorining 6-bandiga muvofiq, mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça tibbiyot taşkilotlarida mehnat qilayotgan şifokor-pensionerlarga pensiyalar töliq yuz foiz miqdorida tölaniş tartibi belgilandi.

Ilgari Özbekiston Respublikasi prezidentining “Işlovçi pensionerlarga pensiyalarni tölaş töğrisida”gi farmoniga muvofiq, quyidagi toifadagi işlovçi pensionerlarga pensiyalar töliq miqdorda tölanar edi:

uruş nogironlari va qatnaşçilariga, Ikkinçi jahon uruşi yillarida harbiy xizmatni ötagan yoki front orqasida işlagan şaxslarga, I va II guruh nogironlariga, Çernobil halokatidan ziyon körgan fuqarolarga;

şuningdek, fuqarolar yiğinlari va mahallalarning raislariga, ularning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya böyiça maslahatçilariga, «Nuroniy» jamğarmasining barça xodimlariga.

- Prezident Şavkat Mirziyoyevning mazkur qarori bilan mamlakat soğliqni saqlaş tizimida faoliyat körsatib kelayotgan 11 ming nafardan ziyod işlovçi pensioner-şifokorlarga pensiyalar töliq tölanadigan böldi, - deydi respublika soğliqni saqlaş vazirligi Iqtisodiyot, moliyalaştiriş va istiqbolni aniqlaş boş boşqarmasi boşliği Mirazim Mirtalipov. - Bundan közlangan maqsad, qişloq va olis tumanlardagi tibbiyot muassasalarining şifokorlar bilan ta'minlanganlik darajasini yaxşilaş, vakant örinlarni malakali mutaxassislar bilan qoplaş, şifokorlar mehnatini yanada rağbatlantiriş, tibbiy xizmat uzluksizligini ta'minlaşdir. 

Ilgari tibbiyot muassasasida işlayotgan pensioner şifokorlar har oyda 50 foiz miqdorida pensiya olardi. Yangi tartibga köra, olinayotgan pensiyaning umumiy miqdori ikki marotabaga ortdi. Masalan, rentgenolog-şifokor har oyda örtaça 500 ming söm hisobidan, bir yilda jami 6,0 million söm pensiya olgan bölsa, 2018 yilda esa ikki barobar köp — 12,0 million söm pensiya oladi. 

Hozirda tuman (şahar) Pensiya jamğarmasi bölimlaridagi şifokor pensionerlarning F-25 şakldagi topşiriqnomalariga pensiya miqdorini 100 foizga yetkaziş yuzasidan tegişli özgartirişlar kiritiş çoralari körilmoqda.

Amalda örnatilgan tartibga muvofiq, 2018 yilning yanvar oyi uçun barça işlovçi şifokor-pensionerlarga 100 foiz miqdordagi pensiya tölovi fevral oyida iş haqining ikkinçi qismi tölovi amalga oşiriladigan muddatlarda tölanadi.