AQŞning Massaçusets ştatida yaşovçi Rayan Kenti internetga muzlab qolgan okean videosini joylaştirdi.

Rolikda Atlantika okeanining sohildan körinadigan qismi qalin muz bilan qoplanganini köriş mumkin. Videoda bir odam muzlab qolgan tölqinlar ustidan ularning mustahkamligini tekşirib, yurganini köriş mumkin.

“Kim suzmoqçi?”, deb kinoya bilan söragan video muallifi. Kentining ta'kidlaşiça, video olingan vaqtda havo harorati 20 daraja sovuq bölgan. Ştatdagi örtaça harorat esa 8 daraja sovuq atrofida bölib turibdi. 

Videoga izoh qoldirganlar hayratlarini yaşirmaganlar. Köpçilik muzlab qolgan okeanni öz közlari bilan köriş istagini bildirgan.

“Qoyil! Tramp prezident bölganiga endigina bir yil böldi-yu, u global issiqlik muammosini hal qilib qöydi”, deb kinoya qilgan foydalanuvçilardan biri.