Yaponiyalik kinorejissyor Kiyosi Kurosavaning suratga oliş guruhi Özbekistonga mamlakat haqida badiiy film yaratiş maqsadida taşrif buyurdi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.Abduhakimovning Yaponiyaga taşrifi davomida uşbu mamlakat madaniyat işlari böyiça agentligi bilan bitim imzolandi.

Yaqinda Yaponiya Madaniyat vazirligi filmni suratga oliş işlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi va ssenariyni tasdiqladi. Filmdan közlangan maqsad – Özbekistonning turistik salohiyatini ilgari suriş.

Kiyosi Kurosava – mustaqil kinorejissyor, ssenariynavis, aktyor, yozuvçi, kinotanqidçi. Xorror, drama, triller, detektiv janlarida işlaydi. 40 dan ortiq filmlar muallifi. Qator nufuzli mukofotlar sohibi.