Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylovlar öz nihoyasiga yetdi. Mazkur saylovda Toşkent şahrida röyxatga olingan 1 million 560 mingdan ziyod saylovçilarning 1,267 mingdan oşiqroği iştirok etdi. Bu haqda Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlari sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonini yoritiş böyiça yagona matbuot markazidan Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Yakuniy natijalarga köra, taşkil etilgan jami 330ta saylov okrugidan deputatlar töliq saylandi va röyxatga olingan umumiy saylovçilarning 81,2 foizi mazkur siyosiy tadbirda iştirok etdi. Dastlabki ma'lumotlarda köra, saylovda 1 million 188 ming 851 nafar saylovçi iştirok etgan. Bu röyxatga kiritilgan umumiy saylovçilarning 76,2 foizini taşkil etişi ta'kidlangandi.

Saylangan deputat haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilinganda, ulardan 76 nafari ayol, 254 nafari esa erkak kişini taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, 24 dekabr kuni Toşkent şahrida xalq deputatlari tuman Kengaşlari a'zolarini saylaş jarayoni taşkil etilgandi. Ana şunda, Kun.uz muxbiri tomonidan Uçtepa tumanida joylaşgan 26-oilaviy poliklinika binosida taşkil etilgan, 10-Zakovat saylov okrugiga qaraşli 24-saylov uçastkasidagi mutasaddi vakillar milliy qonunçiligimiz talablarini oçiqçasiga buzilişiga yöl qöygani aniqlangan. Şundan söng, saylovga mas'ul bölgan mutasaddi vakil uşbu holatga izoh bergandi.
“Saylov uçastkasida yozib olingan video lavhalar tahlil etilib, haqiqatan oilaviy ovoz beriş holati oz sonli saylovçilarda kuzatilgani sababli, ovoz beriş jarayonining yakuniy natijasiga ta'sir qilmagani örganib çiqildi”, deb fikr bildirgan Uçtepa tuman saylov komissiyasi raisi Ğ. Raximov.
Mutasaddilar takroriy ovoz beriş jarayonini ötkazişda qayd etilgan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan barça uçastka saylov komissiya a'zolariga tegişli tavsiyalar berilgani haqida ma'lumot berişgandi.

















