«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi mahalliy yönalişlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Bu haqda MAK Matbuot xizmat xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, kiritilgan yangiliklar yölovçilarga ularning talablariga mos keluvçi aviaçiptalarni tanlaşga imkon beradi. Şuningdek, respublika içidagi barça yönalişda tariflarning minimal darajasi pasaytirildi. 

Kompaniya vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, mahalliy parvozlarning minimal tariflari tan narxidan 1-10 yevro atrofida arzonlaştirilgan. Masalan, Toşkent-Farğona yönalişidagi parvoz uçun bitta yölovçi minimal tarif böyiça 10 yevro (8 yanvar holatiga köra, MB kursi böyiça 97,754 söm) etib belgilangan. Ya'ni, Toşkent-Farğona yönalişidagi parvozlarning minimal tarif böyiça narxi 1 yevroga arzonlagan.

Toşkent-Xorazm yönalişi böyiça parvozlarning minimal tarif böyiça narxi esa 3 yevroga pasaytirilgan bölib, ayni paytda 37 yevro (8 yanvar holatiga köra, MB kursi böyiça 361,689 söm) etib belgilangan.

Bundan taşqari, barça mahalliy yönalişlarda guruhlar uçun tariflar kiritildi. Örnatilgan tariflar böyiça sotiladigan joylar soni çeklangan. «Özbekiston havo yöllari» MAK xabarida aytilişiça, aviaçipta qança vaqtli sotib olinsa, u şunçalik arzon tuşadi.