Konkur böyiça «FEI World Jumping Challenge Final» musobaqasi ilk bor Osiyo qit'asida bölib ötadi. Bu safar Özbekiston ot sporti elitasini qabul qiladi. Mamlakat Ekvador, Portugaliya va boşqa davlatlar orasidan tanlab olindi.

Konkur böyiça «FEI World Jumping Challenge» musobaqalari 2001 yilda Germaniyaning «PSI» kompaniyasi taşabbusi bilan taşkil etilgan bölib, dastlab bu bellaşuvlar finali Yevropa qit'asida ötkazilgan. 2008 va 2009 yilda final musobaqalari Amerika qit'asida taşkillaştirilgan. 2014 yilda esa musobaqa finalini ötkaziş huquqi Afrikaga taqdim etildi.

Özbekistonda uşbu nufuzli musobaqada joriy yilning sentabr oyida bölib ötadi. Bellaşuvlar "Allyur" ot sporti klubida taşkil etiladi. Mamlakat uçun ot sportining rivojlanişi – elitaga kiriş imkoniyati, yaxşi imij, obro‘, investitsiya va turistik jihatdan jozibadorlikni yaratişdir.