Rossiyaning Vladivostok şahridagi kafelardan birining omborxonasida ikki erkakning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Qayd etilişiça, kafe Lazurnaya sohilböyida joylaşgan. Halok bölganlarning yoşi 40 va 54da ekani aytilmoqda. Politsiya ularning şaxsini aniqlagan. Har ikkisi ham Özbekiston fuqarosi bölib, Vladivostokka pul işlab topiş maqsadida kelişgan.

Ayni damda tergovga qadar suriştiruv olib borilmoqda, erkaklarning ölimiga nima sabab bölgani aniqlaştirilmoqda. Asosiy taxmin – işçilar is gazidan zaharlanib hayotdan köz yumişgan.