2017 yilda AQŞga yopirilgan “Harvi”, “Irma” va “Mariya” dovullari va örmon yonğinlari rekord qiymatdagi 306 mlrd dollarlik ziyon yetkazdi. Bu haqda AQŞning okeanlar va atmosferani tadqiq qiliş milliy boşqarmasi hisobotida aytilgan.
“2017 yilda AQŞ umumiy hisobda 16 ta turli tabiiy ofatlardan ziyon kördi, ulardan har biridan körilgan ziyon 1 mlrd dollardan oşadi. Bu 16 ta tabiiy ofatdan körilgan umumiy zarar esa 306,2 mlrd dollarni taşkil qildi”, deyilgan hujjatda.
Xyuston va uning atrofidagi hududlarga toşqin olib kelgan “Harvi” dovuli 2017 yildagi eng katta – 125 mlrd dollarlik ziyon keltirgan. Sentyabrda Puerto-Rikoda gumanitar inqirozga olib kelgan “Mariya” dovuli 90 mlrd dollarlik, şu oyda Floridada kuzatilgan “Irma” 50 mlrd dollarlik ziyon keltirgan.
Hujjatda ta'kidlanişiça, mamlakat ğarbida yuz bergan örmon yonğinlari oqibatida 54 kişi hayotdan köz yumgan. Bu yonğinlar 18 mlrd dollar zarar keltirgan.
Qolgan ziyon tornado, qurğoqçilik, yomon ob-havo şaroiti, toşqinlar tomondan yetkazilgan. Tabiiy ofatlardan körilgan avvalgi rekord qiymatdagi ziyon 2005 yilda qayd qilingan. Öşanda tabiiy ofatlardan, jumladan “Katrina” dovulidan AQŞ 215 mlrd dollarlik zarar körgan. “Katrina” eng yirik tabiiy ofat hisoblab kelinadi, u 161 mlrd dollar zarar keltirgan. Undan keyingi katta ziyonlarni “Harvi”, “Mariya”, “Irma” dovullari keltirgan.

















