CIES Football Observatory tadqiqot markazi dunyoning eng qimmat futbolçilari reytingini tuzib çiqdi. Bu haqda markaz rasmiy saytida xabar berilgan.

Tadqiqot futbolçilarning amaldagi şartnomasi, jamoasining öyini, yoşi, maydondagi pozitsiyasi, sönggi vaqtlarda körsatayotgan öyini va terma jamoadagi samaradorligi hisobiga tuzib çiqildi.

Töliq röyxatdan top-5 liganing 100 futbolçisi örin oldi. Reytingda birinçi örin «PSJ» hujumçisi Neymarga nasib etdi. Ikkinçi örinda «Barselona» bilan yangi şartnoma imzolagan Lionel Messi joy oldi. «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu esa bu safar reytingda bor-yöği 49-poğonada qayd etildi.

Quyida dunyoning eng qimmat 10 futbolçisi bilan tanişib olişingiz mumkin. Töliq röyxat esa quyidagi havolada joylaşgan.

1. Neymar – 213 mln yevro (25 yoş, «PSJ», şartnomasi 2022 yilgi mavsum söngigaça)

2. Lionel Messi – 202,2 mln (30 yoş, «Barselona», şartnomasi 2021 yilgaça )

3. Harri Keyn – 194,7 mln (24 yoş, «Tottenhem», şartnomasi 2022 yilgaça)

4. Killian Mbappe – 192,5 mln (19 yoş, «PSJ», şartnomasi 2022 yilgaça)

5. Paulo Dibala – 174,6 mln (24 yoş, «Yuventus», şartnomasi 2022 yilgaça)

6. Dele Alli – 171,3 mln (22 yoş, «Tottenhem», şartnomasi 2022 yilgaça)

7. Kevin de Bryuyne – 167,8 mln (25 yoş, «Mançester Siti», şartnomasi 2021 yilgaça)

8. Romelu Lukaku – 164,8 mln (24 yoş, «Mançester Yunayted», şartnomasi 2022 yilgaça)

9. Antuan Grizmann – 150,2 mln (26 yoş, «Atletiko», şartnomasi 2022 yilgaça)

10. Pol Pogba – 147,5 mln (24 yoş, «Mançester Yunayted», şartnomasi 2022 yilgaça).

...16. Filippe Koutino – 123 mln (25 yoş, «Barselona», şartnomasi 2023 yilgaça). 

...49. Kriştianu Ronaldu – 80,4 mln (32 yoş, «Real», şartnomasi 2021 yilgaça).