2018 yil 08 yanvardan «Özbekiston havo yöllari» MAK qatnovlariga «Joyni tanlaş» interfaol xizmatini joriy etişga kirişdi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar beradi.
Uşbu bosqiçda xizmatlar yaqin xorij mamlakatlariga Airbus A-320 havo kemalarida bajariladigan qatnovlar uçun körsatiladi. Keyinçalik uşbu turdagi xizmatlarni barça yönalişlarda joriy etiş möljallangan.
Ma'lum qilinişiça, «Joyni tanlaş» xizmati bepul yoki pulli körinişda taqdim etilişi nazarda tutilgan. Masalan, bort oynasi oldidagi yoki ötiş joyidagi örindiq uçun Özbekiston hududida 25000 söm (çet elda esa 5 yevro) miqdorida tölovni amalga oşiriş talab etiladi.
«Özbekiston havo yöllari» MAK vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, yölovçilar parvozgaça 45 kun qolgandan boşlab, joylarni avvaldan band qiliş xizmatidan foydalaniş mumkin. Şuningdek, muayyan parvozga 24 soat qolganda xizmatdan foydalaniş töxtatiladi.

















