Dekabr örtalaridan beri Xalqaro koinot stansiyasida qolayotgan yaponiyalik fazogir Norisige Kanai böyi koinotda – vaznsizlik şaroitida 3 hafta içida 9 santimetrga ösgani haqidagi xabari “soxta xabarligini” tan oldi va u uçun uzr söradi.

8 yanvarda Kanai tvitterda uning böyi XKSda maktab davridan beri birinçi marta 9 santimetrga ösgani va buning uçun bor-yöği 3 hafta talab qilingani haqida yozgandi. 

“Ölçaşlardagi xatolik muhokamalarga sabab böldi – soxta xabar uçun meni keçiring. Belimda va umurtqamda oğriqlar yöq, yelkamdagi oğriq bosildi (yaponlar uzoq vaqt ötirib işlaş va asabiy taranglikdan doimo özi bundan şikoyat qiladilar). Şu sababli hatto men ham, 9 sm.ga ösganman, deb öylamayman. Men Yerga qaytişda “Soyuz”ga siğmasligimdan endi xavotirlanmayapman”, deb yozgan fazogir tvitterda.

Undan avvalroq fazogir böyi ösgani haqidagi xabari ölçaşlardagi xatolik natijasi ekanligini ma'lum qilgandi. Kanaining aytişiça, kema sardori Anton Şkaplerov uning böyi ösib ketganiga şubha qilgan: “9 sm.ga ösiş – bu juda ham köp”, deb aytgan u. Şundan keyin u yaponning böyini qaytadan ölçagan va natija 182 sm çiqqan, ya'ni fazogirning böyi koinotda Yerdagiga nisbatan 2 sm.ga çözilgan.

Kanaining tuşuntirişiça, vaznsizlik şaroitida uzoq qolganda suyaklar orasidagi oraliq oçilib, odam böyi çöziladi va bu odatda 1-2 sm.ni taşkil qiladi. Ba'zilar bunda bel va umurtqalarida oğriq sezadilar.